BERILLIY

BERILLIY (Beryllium), Be — kimyoviy element. Mendeleyev da vri i sistemasining II guruhiga mansub, tartib rakami 4, atom m. 9,012; kumushdek oq, yengil va qattiq metall. Tabiatda bitta barqaror izotop ʻBe holida uchraydi. Fransuz kimyogari L. Voklen 1798 i. da berill mineralidan ajratib olingan oksidi VeO shaklida topgan (B. ning nomi ham shundan olingan). F. Vyoler bilan A. Byussi 1828-y. da birbiridan mustaqil holda metall Berilliyni birinchi marta sof xolda olgan. Berilliyning yer poʻstidagm oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatdan 610~ 4% ga teng. Dengiz va okean suvlarida esa 610~4~7 mgGʻl ni tashkil etadi. Berilliyning 54 ta minerali maʼlum. Ulardan berillning amaliy ahamiyati katta, fenakit, gelvin, xrizoberill, bertranditning istiqboli porlokdir.

Berilliy berilliy xloridni elektrolizlab olinadi. Berilliyning ikki (a va (1) shakl oʻzgarishi maʼlum. a va (5 B. 1277° trada bir-biriga aylanadi. Berilliy geksagonal sistemada kristallanadi.

Berilliyning zichligi 1816 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 1287°, qaynash t-rasi 247G. Poling buyicha elektr manfiyligi 1,5; atom radiusi 0.113 nm; ion radiusi Ve2Q 0,030 nm, koordinatsion soni 3 ga teng. Havoda sirti himoyalovchi VeO pardasi bilan qoplanishi tufayli Berilliy oksidlanmaydi. 800° dan yuqori trada qizdirilganda tez oksidlanadi. Amfoterligi bilan II guruhning boshqa mstallaridan farqqiladi. Berilliy suyultirilgan kislota va ishqorlarda eriydi, shu jihatdan alyuminnyga uxshaydi. Berilliy ishqorlarning suvdagi eritmalarida eriganda, berillatlar (mas, Na,BeO2) hosil boʻladi. Yuqori trada aksari metallar bilan oʻzaro taʼsir etib, berillidlarni hosil qiladi.

Berilliy f-torid VeQ ishqoriy metallar f-toridlari va ammoniy f-torid taʼsirida sanoat uchun katta ahamnyatga ega boʻlgan f-torberillatlar (mas, Na,BeF4)HH hosil qiladi. Berilliyning changi va uchuvchan birikmalari juda zaharli. Berilliy samolyotsozlik, raketa va yadro texnikasida, elektrotexnikada rentgen trubkalari tayerlashda mis, nikel, xrom, alyuminiy hamda temir qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi. Berilliydan neytronlar maibai sifatida foydalaniladi. Berilliyning tuzlari yorugʻlik texnikasida ishlatiladigan lyuminofor moddalar tarkibiga qoʻshiladi.