BERAR

BERAR — Markaziy Xindistondagi tarixiy viloyat. 1490 i. bu hududda Bahmaniylar davlatidan ajralib chiqqan Berar sultonligi vujudga kelgan. 1572-y. Axmadpagar sultonligi tomonidan bosib olingan. 17-a. B. Boburiylar davlatiga qoʻshib olingan. 18—19-a. boshida qisman Haydarobod, qisman marathalarga tobe boʻlgan. 1853-y. inglizlarning OstIndiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. Hindiston Respublikasida Berar 1960-y. gacha Bombey shtati, 1960-y. dan Maxarashtra shtati tarkibiga kiritilgan.