BENIN (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975-y. gacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kishi (1996). Poytaxti PortoNovo sh. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu sh. da).
Davlat tuzumi. Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-y. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident, u 5 y. muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Benin qirgʻoklari kam parchalangan. Sohil boʻyida dengizdan ajralib hosil boʻlgan bir qancha sayoz koʻllar bor. B. maydonining koʻp qismi—500 m balandlnkkacha boʻlgan plato. Eng baland joyi—635 m (shim. gʻarbdagi Atakora tizmasida). Jan. da kengligi 50—100 km boʻlgan soqil boʻyi payettekisligi bor. Maʼdan boyliklari yaxshi oʻrganilmagan. Neft, temir rudasi. oltin, olmos konlari bor. Iqlimi — ekvatorial iqlim. Yanv. da oʻrtacha harorat 24°, iyulda 30°. Yiliga 1000—2000 mm yogin yogʻadi. Asosiy daryosi — Veme, quyi oqimi kema qatnoviga yaroqli. Qizgʻish laterit tuproqlar koʻp. Oʻsimliklari asosan baland boʻili oʻtlar oʻsadigan savannalardan, sohnl boʻyi doimiy yashil sernam tropik oʻrmonlardan iborat boʻlib, u mamlakat hududiiing 20% ni egallaydi. Savannalarda karkidon, qoplon, sirtlon va b. lar bor.
Aholisi. Beninda asosan fon, maxe, aja, ivi, aizo, filopi. fulbe, so. mba, bariba kabi etnik guruhdagi xalqiar yashaG1di. Asosiy etnik guruh fon yoki dayo meyanlar boʻlib, ular barcha aholining 25% ni tashkil qiladi va mamlakat jan. da yashaydi. Shaharlarda yevropaliklar (asosan, fransuzlar), suriyaliklar, livanliklar va b. lar uchraydi. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 15% xristianlar, 13% musulmonlar. Eng katta shaharlari — Kotonu, PortoNovo, Abomey.
Tarixi. Poytaxti A6o.vieii boʻlgan Dagomeya qirolligi 17-a. dan 19-a. boshlarigacha Shim. Beninda hukm surdi va yevropaliklar bilan qul savdosi tufayli katta daromad olib turdi. 1851-y. da fransuzlar qirollik bilan savdo shartnomasi tuzdilar va astasekin Dagomeya ustidan nazorat oʻrnatdplar. 1890—93 y. larda Fransiya bu hududni bosib oldi. 1904-y. da Dagomeya Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Mamlakat aholisining mustamlakachilarga qarshi doimiy kurashi natijasida u 1958-y. da Fransiya Hamjamiyati tarkibida muxtoriyatga ega boʻldi. 1960-y. da toʻliq mustaqillikka erishdi va Dagomeya Respublikasi deb nomlandi.
Mamlakatda etnik guruhlarning koʻpligi haddan tashqari siyosiy beqarorlikka olib keldi, natijada fuqaro va harbiy hokimiyatlar tez-tez almashinib turdi. 1970-y. dagi saylov natijasida mamlakat shim. va jan. vakillaridan iborat prezidentlik kengashi saylandi. Biroq, 1972-y. dagi harbiy toʻntarish natijasida inqilobiy harbiy kengash tuzildi. Bu kengash marksizmleninizm mafkurasiga amal qilib, sotsialistik yoʻldan borishini eʼlon qildi. 1975-y. da mamlakat Benin Xalq Respublikasi deb atala boshladi. 1977 i. konstitutsiyasiga binoan 1979-y. da Inqilobiy harbiy kengash tarqatib yuborildi va saylov oʻtkazildi. Mamlakat 1990-y. dan boshlab B. Respublikasi deb ataladigan boʻldi. 1996-y. da koʻp partiyalilik asosida prezident saylandi. Benin 1960-y. dan — suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami—1 avg. —Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1960).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. «Beninning uygʻonishi» partiyasi (1990), Demokratiya va taraqqist uchun milliy ittifoq partiyasi, «Umumiy ishimiz» partiyasi, Demokratik yangilanish partiyasi (1990), Sotsialdemokratik partiya. Demokratiya va milliy birdamlik uchun ittifoq partiyasi, Yangilanish va rivojlanish uchun xarakat jabhasi partiyasi (1990). Kasaba uyushmalari: B. mehnatkashlari kasaba uyushmalari milliy birlashmasi, Mustaqil kasaba uyushmalari markazi.
Xoʻjaligi. Benin — agrar mamlakat. Q. x. paxta yetishtirishga ixtisoslashgan (yiliga 70 ming t). Palma yosh, tamaki, makkajoʻxori, sholi, tariq, yams, yer yongoq, dukkaklilar, banan, mango yetishtiriladi. Yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan: qoramol, qoʻy va echki hamda parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati zaif. uning yalpi milliy mahsulotdagi ulushi 9% ga ham yetmaydi. Mamlakatda asosan q. x. xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Pobe, Kotonu va b. shaharlarda palma yogʻi z-dlari, PortoNovo va Kotonu yaqinida sovun z-dlari, shuningdek turli joylarda paxta tozalash z-dlari, toʻqimachilik fkalari, chet ellarda tayyorlangan det&tlardan avtomobil yigʻish korxonalari, sement va elektr lampa z-dlari, binokorlik materiallari korxonasi bor. 45 mln. kVts elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hunarmandchilik rivoj topgan. Asosiy sanoat markazlari — Kotonu, PortoNovo, Paraku. T. y. lar (uz. 578 km), avtomobil yoʻllari (uz. 8,4 ming km), jumladan qaggiq qoplamali yoʻllar mavjud. Kotonuda dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Benindan chetga paxta, palma yogʻi, tamaki chiqariladi. Chetdan turli mashina va asbobuskunalar, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat, toʻqimachilik va neft mahsulotlari keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, AQSH, Germaniya. Pul birligi — Afrika franki.
Maorifi. 1972-y. B. da majburiy bepul boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oliy taʼlimni Kotonu un-ti (1970-y. tashkil etilgan) va chet ellarda oladilar. Bir qancha i. t. institutlari, PortoNovoda Milliy kutubxona, Kotonuda unt kutubxonasi va muzey, Abomeyda tarixiy muzey bor.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. «BeninPress enformasyon» — Benin press agentligining haftalik byulleteni, «Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Benin» jur., «Krua dyu Benin», «Gazet dyu Golf», «Nasyon» («Millat»), «Travayer» («Mehnatkash») gaz. lari nashr etiladi. Beninpress hukumat axborot agentligi (1973-y. dan), B. radioeshittirish va tslekoʻrsatuv hukumat boshqarmasi (1975-y. dan) mavjud.
Adabiyoti. Beninda yashovchi xalklar boy va rangbarang ogzaki ijod namunalarini yaratganlar. Fon xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti birmuncha yaxshi oʻrganilgan. Unda ertaklar, maqol va matallar bilan bir qatorda Benin davlati tarixini aks ettiruvchi afsonalar katta oʻrin oladi. Zamonaviy adabiyot fransuz tilida 20-a. 30-y. larida shakllandi. P. Xazumening «Dogisimi» tarixiy romani (1937, Fransiya akademiyasining mukofoti), M. Kenumning «Mamlakatdagi vaziyat» (1938), «Uch afrika afsonasi» va b. asarlari yaratildi. Milliyozodlik harakati yillarida A. Tevoyojrning «Dargazab Afrika» (1958), O. BeliKenumning «Abadiy tuzoq» (1960), P. Joakinning «Negr hikoya qiladi» (1954) toʻplami va b. asarlar yaratildi. Mustaqillikka erishilgandan soʻnggi davrda sheʼriyat yetakchi oʻrin oddi. P. Joakin, R. Xazume («Afrika gullari» sheʼriy toʻplami, 1966) shuhrat qozondi. R. Dogbening «Mono suvlari» (1963), «Mahkumlar qirgʻogʻi» (1964) asarlarida vatanparvarlik, insoniylik, urushga nafrat goyalari kalamga olingan. Dramaturgiya rivojlana boshladi. J. Pliyning «KondoAkula» tarixiy dramasi (1966) fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashga bagʻishlapgan. Ijtimoiy illatlar (poraxoʻrlik, toʻrachilik)ni fosh etuvchi «Shaxsiy kotiba» komediyasi (1973)da Gʻarbiy Afrika dramaturgiyasi uchun yangi i«shlab chiqarish» mojarosi tasvirlangan. Axloqiydiniy masalalariga oid «Baxtning qoʻlga kiritilishi» essesi (1982), «Oshiq shimpanze» hikoyalar toʻplami (1977) ham uning qalamiga mansub. 1980-y. da Benin sheʼriyati antalogiyasi nashr etildi.
Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, teatri. Benin dagi turar joylar toʻgʻri burchakli yoki doira shaklida guvaladan qurilgan, tomi poxol yoki xashak bilan boʻgʻotli qilib yopilgan. Saroy va ibodatxonalar ham shu tarzda, ammo kattaroq qilib qurilgan. Qishloq va shaharchalardagi imoratlar tartibsiz joylashgan. Keyingi oʻn yilliklarda Benin poytaxti — PortoNovoda yangi koʻkalamzor shoh koʻchalar barpo etildi, ayrim jamoat binolari, 1 va 2 qavatli turar joylar qurildi. Ularni qurishda anʼanaviy meʼmoriy shakllardan, naqshlar va yogʻoch haykallardan foydalanilgan. Boy va oʻziga xos badiiy hunarmandchilik qadimdan yuksak darajada boʻlgan: kulolchilik, quyuvchilik, yogʻoch oʻymakorligi, fil suyagidan turli buyumlar yasash, kashtachilik, matoga naqsh va gul solish sanʼati azaldan rivojlangan. Mum modellarga bronza va kumushdan odamlar hamda jonivorlarning tasvirlari, ov manzaralarioʻi tushirish rasm boʻlgan. Benin teatr sanʼatiga liniy urfodatlar va rasmrusumlar, imoishoralar (paitomimalar) va sh. k. asos boʻlgan. 20-a. da sshlarning toʻgaraklari pyesalarni saqnalashtira boshladi. Drama va opera teatrlari tashkil etildi.