BENEVENI

BENEVENI Florio (?—?) podsho Rossiyasi poytaxti Sankt-Peterburgdagi «Elchilik mahkamasida sharqni oʻrganuvchi ekspeditsiya» kotibi. Pyotr I B. ni Buxoroga elchi sifatida yuborgan (1718) va oʻz imzosi bilan maxsus yoʻriqnoma tuzib bsrgan. Bu yoʻriqnoma 7 boʻlimdan iborat boʻlgan. Unga koʻra, Beneveni Buxoro xonligining chegarasini, atrofidagi davlatlarni va ular bilan boʻlgan munosabatlarini, yer osti boyliklarini, Amudaryoda oltin boryoʻkligini, harbiy jihatdan qanchalik qudratga ega ekanligini bilib kelishi kerak boʻlgan. Beneveni Kavkaz va Eron orqali Buxoroga (1721), keyin Xivagaham oʻtgan. B. Rossiyaga Pyotr I vafotidan keyin qaytgan (1725). Beneveni sayohat qilgan davlatlari haqida geografik, etnografik va tarixiy maʼlumotlar toʻplagan. B. Pyotr I ga yuborgan xabar va xotira daftarlarida Buxoro va Xivada boʻlgan siyosiy voqealarni taʼriflab bergan. Benevenining bu maʼlumotlari shu davrdagi xonliklar tarixini oʻrganish uchun hamda kelajakda Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim maiba hisoblangan.