BENGALIYA

BENGALIYA, Bangol (bengal tilida — Bangla) — Osiyo jan. dagi tarixiy viloyat. Gang daryosining quyi oqimi havzasi va Gang, Brahmaputra darslari deltasida. Qadimda Bengaliyaning turli qismlari Anga, Vanga, Gauda kabi nomlar bilan mashhur boʻlgan. Bu hudud 10 — 12-a. lardan Bengaliya deb atala boshlagan. 13-a. boshlarida Dehli sultonligita qoʻshib olingan. 14-a. oʻrtalarida mustaqil davlat boʻlib olgan. 1575-y. boburiylartomonidan zabt etilgan. 18a. boshlarida Bengaliya hududida yana mustaqil davlat vujudga kelgan. 1757-y. B. ni Angliya oʻziga tobe qilgan. 1947-y. Hindiston ikkiga boʻlingandan soʻng, hindu bengʻallar yashaydigan Gʻarbiy B. Hindistonga, musulmon bengʻallar yashaydigan Sharqiy B. Pokistonga oʻtdi. Sharqiy Bengaliya 1971-y. dan — Bangladesh davlati.