BELFOR

BELFOR — Fransiya sharqidagi shahar. Belfor departamentinipg maʼmuriy markazi. Vogeza va Yura toglari oraligʻidagi yoʻlak («Burgundiya darvozasi») da joylashgan. Aholisi 50 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. B. oʻtgan asrlarda mustahkam harbiy qalʼa bulgan.