BELGIYA QIROLLIGI FAN, ADABIYOT VA SANʼAT AKADEMIYASI

BELGIYA QIROLLIGI FAN, ADABIYOT VA SANʼAT AKADEMIYASI — Belgiyaning markaziy ilmiy muassasasi. 1772-y. Bryussel sh. da tashkil etilgan. Akademiya tarkibida 90 haqiqiy, 30 muxbir. 150 faxriy aʼzo bor. Akademiyada mat. va fizika fanlari; tabiatshunoslik; tarix va adabiyot: axloq na siyosiy fanlar; rassomlik; haykaltaroshlik; musiqa: tarix va tanqid kabi seksiyalar mavjud. Kutubxonasida 400 mingdan ortiq asar saqlanadi. «Byulleten» (1832-y. dan), «Axborot» (1779-y. dan), «Yilnoma» (1830-y. dan) nashr etadi.