BELILA

BELILA (rus) , oq boʻyoq — barcha turdagi boʻyoqlar va emallarga koʻshiladigan, rezina, plastmassa, qogʻozni boʻyash uchun moʻljallangan oq pigmentlarning umumiy nomi. Oltingugurtli, ruxli, surmali, titanli, qoʻrgʻoshinli Belila larboʻladi. Oltingugurtli Belila (litopan, oq boʻyoq) — pyx sulfid (ZnS) b-n bariy sulfat BaSO4apanammasi; kucheiz kislotalar va ishqorlar taʼsiriga chidamli; yorugʻlik, havo, nam taʼsiriga chidamsiz. Rezina, plastmassa, metallni boʻya shla ishlatiladi. Ruxli Belila (ruxli oq boʻyoq) — tarkibi ZnO. Havo, nam, yorugʻlik taʼsiriga chidamsiz. Ichki sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Surmali Belila (surmali oq boʻyeq) — tarkibi Sb2O3; havo, nam, yorugʻlik taʼsiriga chidamli, ammo zaharli. Shu tufayli juda kam ishlatiladi. Titanli Belila (titanli oq boʻyeq) — tarkibi TiO2; suv, kislota va ishqorda erimaydi. Tashki va ichki sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Qoʻrgʻoshinli Belila (qoʻrgʻoshinli oq boʻyoq) — tarkibida qoʻrgʻoshin gidroksid — karbonat 2RSO3 R (ON)2 boʻladi. Maxsus sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Yuqorida aytib oʻtilgan Belilalar ichida ruxli va titanli Belilalar koʻp ishlatiladi.