BEL

BEL — elektrotexnika, radiotexnika va akustikada energiya yoki quvvatlar nisbati logarifmi bilan oʻlchanadigan birlik. B bilan belgilanadi. Bel ikki W, va W2 energiyalar nisbati logarifmidir: N=lg (W, W2); bunda: W, beriladigan miqdor, W2 — oʻlchanadigan miqdor. B. ning ulushi detsibel deyiladi. A. Bell nomi bilan atalgan.