BEL

BEL, belkurak — mehnat quroli; temirdan yasaladigan yogʻoch (baʼzan temir) dastali asbob. Bir necha xili boʻlib, oʻtkir uchlisi ariqochish, yer chopish va qazish, agdarish, yumshatishda; yuzi botiq xili shagʻal, qum, koʻmir, ohak, ganch kabilarni surish, yuklash va b. da; kichik yuzli Bel (kapcha) devor (paxsa) urishda; taxtafanerdan yasaladigan Bel (kurak) qor kurashda, gʻalla, yemlarni toʻplashda ishlatiladi. Belning harbiy ishda foydalaniladigan (mas, okop, blindaj qazishda ishlatiladigan) xili ham bor.