BEKKEREL

BEKKEREL (Becguerel) — fransuz fiziklari:

1) Antuan Sezar (1788 —1878) — Parij FA aʼzosi. Ilmiy ishlari fluoressensiya, fosforessensiya, termoelektr, elektr kapillyarlik, moddaning magnit xossalari, kristallooptika, galvanik elementlar nazariyasi va moddaning elektr oʻtkazuvchanligi masalalariga oid;

2) Aleksandr Edmon (1820—91) — Antuan Sezarning oʻgʻli, prof., Parij FA prezidenti (1880). Fotogalvanik effektni kashf qilgan, fosforessensiya, fotokimyo, fotografiya, atmosfera elektri va h. k. bilan shugʻullangan; 3) Antuan Anri (1852 — 1908) — Aleksandr Edmonning oʻgʻli. Parij FA aʼzosi (1889). Qattiq jismlar fizikasi, pyezoelektr hodisalari hamda yadro fizikasi sohalarida ishlagan. Uran tuzlarining tabiiy radioaktivligini kashf qilgan (1896). Nobel mukofoti laureati (1903; P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri bilan birgalikda);

4) Jan (1878 — 1953) — Antuan Anrining oʻgʻli. Parij FA aʼzosi. Kristallar optik va magnitooptik hodisalarining oʻzgarishini tekshirgan hamda fotolyuminessensiya bilan shugʻullangan.