BEKKARIA

BEKKARIA (Beccaria) Chezare (1738.15.3, Milan – 1794.28.11) – italyan maʼrifatparvar adibi, huquq dri (1758). Sudlarning qonunga asoslanmay turib, aybdorga jazo tayin etilishiga, ayblanuvchilarni qiynoqqa solib, iqror qildirish usuliga qarshi chiqqan. Oʻlim jazosini umrbod qamoq bilan almashtirishni, tan jazosini umu-man qoʻllanmaslikni yoqlagan. Qonun hamma narsadan ustuvorligini, fuqa-rolar esa qonun va sud oldida tengligini taʼminlash zarur, deb hisoblagan. Har qanday jinoyat uchun tegishli ja-zoni muqarrar ravishda zudlik bilan ijro etish, odil sudlovni chek tashlash yoʻli b-n saylanadigan maslahatchilar tomo-. nidan olib borish tarafdori boʻlgan. Bekkarianing «Jinoyat va jazo toʻgʻrisida» asarida olgʻa surilgan gʻoyalar Yevropadagi koʻpchilik davlatlarning qonunlarida oʻz aksini topgan.