BEZAK — 1) narsa, buyumlarga ishlangan naqsh, gul, pardoz; amaliy sanʼat va meʼmorlikda keng ishlatiladi. Oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlar bezatilayotgan yuza (buyum sirti)da boʻyama, chizma, oʻyma, bosma, qada-ma va b. usullarda, meʼmorlikda shuning-dek gʻisht va b. ni turlicha terib hosil qilinadi;
2) ziynat beruvchi buyum. Zargarlikda taqinchoklar, miskarlikda suv-don, kosa, piyola; zardoʻzlik yoki kashta-doʻzlikda choyxalta, oynaxalta, dorpech, kirpech, qoziqdungi va b.