BEATRIKS Vilgelmina Armgard

BEATRIKS Vilgelmina Armgard (1938.31.1) — Niderlandiya qirolichasi. Qirolicha Yuliana bilan shahzoda Bernardning qizi. Niderlandiyaning Leyden sh. dagi un-tda nazariy va amaliy jamiyatshunoslikni, iqtisodiyot, davlat huquqini oʻrgangan. Yuridik fanlari dri. Qirolicha Yuliana taxtdan voz kechgach, 1980-y. 30 apr. da taxtga oʻtirgan.