BAYA-MARE

BAYA-MARE — Ruminiya shim. dagi shahar, Maramuresh judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 150 ming kishi (1989). Konchilik sanoati rni markazi. Rangli metallurgiya (mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) sanoati rivojlangan. Kime, mebel i. ch., toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahar 1329-y. dan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan Shtefan minorasi (15-a.) va b. saqlangan.