BACHCHAN

BACHCHAN Amitabx (1942.11.10, Alloh-obod) — hind aktyori. «Zanjir», «Devor», «Shakti», «Don», «Mister Natvarlal», «Inqilob», «Silsila», «Oʻlim xudosi» kabi bir qancha filmlarda suratga tushgan. Ayniqsa, «Shahanshoh» filmidagi Shahanshoh obrazi unga katta shuhrat keltirdi.