BAXT — maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Kishi oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqish, yashash tarzidan mamiunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzuumidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon boʻladi.
Baxt qad. davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi boʻlgan. Uning vakillari Baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar in-tiladigan masrurlikka erishilgan holatning, shodxurram boʻlishning eng oliy koʻrinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Saʼdiy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim oʻrin egallagan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida ham bu mavzuga katta eʼtibor berilmoqda.
Baxt nisbiy tushuncha, mutlaq Baxt yoʻq. Baxtni qanday maʼnoda tushunish shaxsning ijtimoiy oʻrniga, bilimi, yoshi, dun-yoqarashiga bogʻliq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmu-asi bilan uzviy bogʻliq. Chinakam Baxt li boʻlish uchun har bir shaxs erkin, teng, oʻz isteʼdod va qatiyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va maʼ-naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi zarur. Shuningdek, Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada oʻz oʻrnini topgan, burch va masʼuliyatni anglagan boʻlishi lozim. Odam oʻz ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aqp-zakovati bilan Baxt li boʻlish uchun nntilishi va kurashishi kerak. Inson oʻz takdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uygʻunlashtirgandagina toʻla Baxt li boʻlishi mumkin.