BARRIKADA

BARRIKADA (frans.) , koʻcha band – koʻcha, yoʻl, koʻprik va togʻ yoʻllarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va b.) quriladigan sunʼiy mudofaa toʻsigʻi. Barrikada qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qoʻllanilgani maʼlum. Tarixiy manbalarda Barrikada chep deb tilga olinadi. Barrikada 19-a. gacha tosh, qum solingan qop, xoda, qulatilgan daraxtlar va sh. k. dan qurilgan. 20-a. dan aholi yashaydigan joylarni tank va zirhli mashinalardan saqlash uchun maxsus muhandislik toʻsiqlari barpo etila boshlandi. Bunday Barrikada temirbetondan, turli bloklardan yasalib, koʻcha va yullarga shaxmat katagi tartibida 2 — 3 qator quriladi. 1871-y. Parij kommunasi paytida kommunarlar, 1905 — 07 y. lardagi rus inqilobi paytida ishchilar tomonidan keng qoʻllanilgan.