BAROTTEPA

BAROTTEPA — qishloq xarobasi (mil. av. 2 — 1 — mil. 6—8-a. lar). Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida, Surxon daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aylana (80×90 m) tarxli tepa. Bal. 12 m. Kushon podsholigi davrida obod boʻlgan. Terrakota haykalchalar, muhr, sopol idishlar, charx, jez oyna, shisha tumor, kushonlar va sosoniylar tangalari topilgan.