BARKASHLI

BARKASHLI Maxdiy (1911, Tabriz – 1988) — eron musiqashunosi. Musiqashunoslik va fizika fanlari dri. Oʻrta asr musiqa nazariyasi, jumladan, Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marogʻiy musiqiy risolalari tadqiqotchilaridan. Eron dastgohlari nashriga hissa qoʻshgan, musiqa akustikasi muammolariga bagʻishlangan asarlar muallifi. Tehron xalqaro musiqashunoslar kongressining (1962) tashkilotchilaridan. 1975-y. Toshkent davlat konservatoriyasida «Eron dastgohlari», «Forobiy nazariyasi», «Musiqaviy akustika» hamda «Zamonaviy Eron musiqasining ijodiy muammolari» mavzuida maʼruza va mashgʻulotlar oʻtkazgan.