BARGAK

BARGAK — danagi olinib quritilgan oʻrik qoqi. B. ning qaysa, kesilgan, boʻlingan, dudlanmagan xillari bor. Qaysa B. danagi chiqarib olingan oʻrikni oltingugurt bilan dudlab tayyorlanadi. Pichokda ikki pallaga boʻlinib, danagi ajratib olingan oʻrikni oltingugurtda dudlab tayyorlangan Bargak kesilgan Bargak deyiladi. Boʻlingan Bargak tayyorlash uchun oʻrik qoʻlda ikki pallaga ajratilib, danagi olinadi, soʻngra dudlab quritiladi. Quritishga tayyorlangan oʻriklar patnislarga terilib, maxsus shkafda 1,5 — 2 soat dudlanadi, soʻngra oftobda quritiladi. 100 kg oʻrikni dudlash uchun 150 — 250 g oltingugurt sarflanadi. Dudlanmagan Bargak oʻrik danagi ajratib olinib, dudlamasdan oftobda quritiladi. Bargakning tarkibida 55 — 85% kand, 1,5 — 4,5% kislota boʻladi.