BARBARLAR

BARBARLAR (oʻzlarini «amaxag» deb atashadi) — xalqlar (tamazigxt, rif, shilx, tuareglar, kabillar, shauyya va b) guruhi, Shim. Afrika, Markaziy va Gʻarbiy Sudanning tub aholisi. 11,52 mln. kishidan ortiq(1992). Barbarliviy tillarida soʻzlashadi. Koʻpchiligi — sunniylar. Barbarlar qadimda oʻzlarini mazig deb atashgan boʻlsa kerak. U B. ning bir qancha guruhlari etnonimida (mas, tuareglar oʻzlarini imoshag deb ataydilar) saqlanib qolgan. Barbarlar ajdodlari qadimda Misrdan gʻarbdagi hududlarda yashashgan, ular Misr bitiklarida mil. av. 4ming yillikdan eʼtiboran texenu nomi bilan uchraydi. Keyinchalik (Yangi podsholik davrida) bu qabilalar nomi — rebu yoxud lebu (liviyaliklar nomi shundan olingan) shaklida uchraydi. Yunon adiblari liviyaliklar terminini Magʻrib mamlakatlari aholisiga nisbatan qoʻllashgan, rimliklar esa ularni mavrlar, numidiylar, getullar va h. k. deb atashgan. Shim. Afrikani arablar istilo etgan davr (7—8-a. lar) da Barbarlar etnonimi paydo boʻlgan. Barbarlarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik; qisman sanoat korxonalarida ham ishlashadi.