BANDI KUSHOD MASJIDI

BANDI KUSHOD MASJIDI — Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (taxm. 16 – a.). Paxsadan, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (15,1 x 12,4 m), tomi 6 gumbaz (diametri 2,5 — 2,9 m)li. Sharqiy tomonga qaragan bosh tarzi sodda, ayvonli. Masjid xonaqohi (15×9 m) ikki ustunli, bezaksiz. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy b-n suvalgan. Masjid oʻrta asrlardagi qishloqqa xos bino namunasi sifatida muhim. Bir necha marta taʼmir qilingan, dastlabki bezaklari saqlanmagan.