BANDALIK

BANDALIK — oʻlim va dafn marosimi bilan bogʻliq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, taʼziyaga keluvchilar marhumning oila aʼzolarini yupatish uchun unga «bandalikda» deb murojaat qiladilar. Bu bilan tugʻilish bor ekan, oʻlim ham boʻladi, oʻlim har bir insonning boshiga tushadigan mukarrar hodisadir degan fikr bildiriladi. «Bandalik», «Bandalikni bajo keltiribdi» kabi iboralar vafot etibdi, maʼnosida qoʻllaniladi.