BALXASH

BALXASH — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi shahar (1937-y. dan), Balxash koʻlining shim. sohilidagi pristan. T. y. stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1999). Rangli metallurgiyaning yirik markazi. Balxashda rangli prokat, mexanika z-dlari, konmetallurgiya, baliqkonserva va qurilish materiallari k-tlari, goʻsht sanoati korxonalari, yirik elektrostansiya, Qozogʻiston FA botanika bogʻi, oliy oʻquv yurti, kimyo-metallurgiya texnikumi, tibbiyot bilim yurti bor. Shahar 1937-y. da mis kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.