BALANDLIK OʻLCHAGICH

BALANDLIK OʻLCHAGICH, altimetr — uchish apparati (mas, samolyot)ning qancha balandlikda uchayotganini koʻrsatadigan asbob. Barometrli va radio B. oʻ. lar yuqoriga koʻtarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oraligʻi birbiriga teng. Balandlik oʻlchagich 20 ming m va undan balandliklarni oʻlchaydi. Balandlik oʻlchagich bir milli yoki ikki milli boʻlishi mumkin; ikki milli Balandlik oʻlchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn koʻrsatadi. Bir milli Balandlik oʻlchagich oʻlchash aniqligi ±50 dan ±100 m gacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 m gacha. Radio Balandlik oʻlchagich uchish balandligini 1 m gacha aniqlikda oʻlchashga imkon beradi.