BALANDLIK SHKALASI

BALANDLIK SHKALASI — gravitatsion maydondagi bir jinsli atmosferaning fizik koʻrsatkichlaridan biri. Osmon yoritqichi atmosferasining izotermik qatlami qalinligini ifodalaydi; B. sh. balometrik formulada qoʻllaniladi va chegaralarida bosim va zichlik 2,7-martaga farq qiladigan izotermik qatlamning qalinligini koʻrsatadi.