BALANDLIK TAYANCH NUQTALARI

BALANDLIK TAYANCH NUQTALARI (geodeziyada) — joyda oʻrni maxsus belgi — reper yoki marka b-n belgilanib, mutlaq balandligi juda aniq topiladigan nuqtalar (punktlar). Qurilishda, okean va dengiz sathi farqini aniqlashda, topografik planlarni tuzishda, yer qobigʻining koʻtarilganligi yoki pasayganligi (choʻkkanligi)ni bilish va b. da qoʻllaniladi.