BALANDLIK KOORDINATASI

BALANDLIK KOORDINATASI, mutlaq balandlik — geodeziyada yer sirtidagi nuqtalarning asos (boshlangʻich) deb qabul qilingan dengiz sathiga nisbatan balandligi (yoki mutlaq belgi). Nivelirlash yoʻli bilan aniqlanadi. Oʻzbekistonda Boltiq dengizining oʻrtacha sathi (Kronshtadt fut-shtogining noli) ga nisbatan hisoblanadi. Mas: Toshkent sh. ning dengiz sathidan eng baland joyi 515 m boʻlib, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi «Traktor» avtost-yasi yaqinida, eng past joyi (380 m) Sergeli tumanida, Chirchiq daryosi sohilida.