BAKTRIM

BAKTRIM, biseptol — tarkibida sulfanilamid preparatlaridan sulfametoksazol va diaminopiramidin unumlaridan trimetoprim boʻlgan dori modda. Nafas va siydik yoʻllari yalligʻlanishi bilan kechadigan kasalliklarda, shuningdek meʼda-ichak yoʻlining yuqumli kasalliklarida, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi asoratlarning oldini olishda ishlatiladi.