BAKTERITSID LAMPA

BAKTERITSID LAMPA, bakteritsid nurlatgich — ultrabinafsha nur sochadigan gaz razryadli simob lampasi; ichiga inert gaz (mas, Xekselol)ga ozgina Hg (simob), yoki Cd (kadmiy) qoʻshib tayyorlangan aralashma toʻldiriladi. Quvvati 90 Vt gacha boʻladi. Binolardagi havo, roʻzgʻor buyumlari, suv va b. narsalarni ultrabinafsha nurlar b-n zararsizlantirish, shuningdek davolash maqsadlari uchun ishlatiladi (q. Simob-kvars lampasi).