BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR

BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR — mikrobiologik tekshirish olib boriladigan ilmiyamaliy muassasa. Kasalxonalar huzuridagi diagnostika B. l. i kasallikni aniqlash uchun zarur tekshirishlar olib boradi. Sanepidstansiyalar huzuridagi Bakteriologik laboratoriyalar aholini profilaktik tekshirishdan, oziq-ovqatlarni sanitariyabakteriologik tekshirishdan oʻtkazadi. Veterinariya B. l. i hamda nazorat vazifasini oʻtaydigan tor ixtisosli Bakteriologik laboratoriyalar ham boʻladi.