BAKTERIOLIZINLAR

BAKTERIOLIZINLAR — bakteriyalar hujayralarining yemirilishiga (bakterioliz) olib keladigan biologik moddalar. Odam va hayvonlar organizmida Bakteriolizinlar antitelolar hamda komplementlardan tashkil topgan. Antitelolar (spetsifik Bakteriolizinlar) immun zardobda boʻlib, faqat maʼlum mikroorganizmlarga taʼsir etadi. Komplementlar (nospetsifik Bakteriolizinlar) normal va immun zardoblarda boʻladi. Bakteriolizinlar hujayra yuzasida oʻzgarishlar paydo qilib, komplementlar esa uni eritadi.