BAYQONUR

BAYQONUR, Boyqoʻngʻir — jahondagi yirik kosmodromlardan biri. Qozogʻiston Respublikasining Qaragʻanda viloyatida joylashgan. 1955-y. asos solingan. Keng miqyosdagi kosmik tadqiqotlar dasturlarini amalga oshirishga moʻljallangan. Bayqonur trassasida uchirish inshootlari, texnika istehkomlari va oʻlchash punktlari qurilgan. Bayqonurdan dunyoda birinchi Yerning sunʼiy yoʻldoshi uchirildi (1957), jahonda birinchi kosmonavt — Yu. A. Gagarin (1961) va keyingi barcha kosmonavtlar kosmosga parvoz kildilar. Bayqonurdan boshqariladigan kosmik kemalar («Vostok», «Vosxod», «Soyuz»), orbital st-yalar («Salyut», «Mir»), raketakosmik tizim «Energiya» — «Boʻron», kosmik st-yalar va Oy, Venera, Galley kometasi, Marsga ham turli raketalar uchirildi.