BAYT

BAYT (arab. — uy) — ikki misra sheʼr. 1) Sharq xalqlari sheʼriyati gʻazal, qasida, masnaviy va b. janrlari Baytdan tuziladi. Tarjiʼband va tarkibbandlarda bandlarni bir-biriga bogʻlovchi B. vosita Bayt deyiladi. Mas, Navoiyning «Gʻaroyib ussigʻar» devonida «Ketur soqiy, ul mayki, subgʻi alast, Aning nashʼasidin koʻngul erdi mast» deb boshlangan tarjiʼbandi (10 band, 200 misra)ning har biri «Xarobot aro kirdim oshifta hol, May istarga ilgimda sinsin safol» B. i bilan tugallangan. Badiiy ijodda bir Bayt li mustaqil sheʼrlar ham bor; 2) bezak va naqsh mujassamotlaridan biri. Bezak sanʼati, xususan amaliy sanʼat (miskarlik, kulollik, rixtagarlik va b.)da keng qoʻllaniladi. Roʻzgʻor buyumlari (kosa, choynak, piyola, lagan, oftoba va h. k.) va meʼmoriy obidalar bezaklariga oʻtmishda koʻpincha sheʼriy misralardan husnixat (kufiy, suls, nasx, nastaʼliq, rayhoniy) bilan Bayt bitilgan. Bayt buyumga oʻziga xos nafosat, badiiylik baxsh etadi.