BAYRON

BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London – 1824.19.4, Misolungi, Gretsiya) — ingliz shoiri, Kembrij untida oʻqigan. Lordlar palatasi aʼzosi (1809-y. dan). «Chayld Harold ziyorati» dostonini (1812, 1817 — 18) yaratdi. Sharq dostonlari turkumidagi K«ofir», «Abidoslik kelin» (1813), «Qaroqchi», «Lara» (1814), «Korinf qamali», «Parizod» (1816) kabi dostonlari Nizomiyning «Layli va Majnun», Firdavsiyning «Yusuf va Zulayho» asarlari taʼsirida yozilgan. Bayron 1817 — 22 y. larda Italiyada yashaydi. «Tasso shikoyati» (1817), «Mazepa» (1818) poemalari, «Manfred» (1817), «Xotin» (1821) dramalarida adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi, inson va dunyo muammosi yetakchi mavzu boʻlgan. Bayron 1818-y. da «Don Juan» sheʼriy romanini yozishga kirishgan. Asarda inson va muhit masalasi birinchi oʻringa chiqqan. Bunda Bayron romantizmdan realizmga oʻtgan (asar tugallanmagan). Uning qator sheʼrlari, «Chayld Harold ziyorati», «Manfred», «Shiylon tutquni», «Shiylon soneta» dostonlari oʻzbek tilida nashr qilingan.