BAYRAMALIXON

BAYRAMALIXON (18-a.) – Marv hokimi (1782/83 — 1785/86). Hojarlar urugʻidan. Buxoro amiri Shohmurod b-n boʻlgan jangda halok boʻlgan. Turkmanistondagi shahar va koʻhna Marv xarobalari yaqinidagi qalʼa B. nomi bilan atalgan.