BAYKAL-AMUR MAGISTRALI, BAM

BAYKAL-AMUR MAGISTRALI, BAM — Sharqiy Sibir va Uzok. Sharkdagi t. y. ; Rossiyani Tinch okean b-n bogʻlaydigan 2-magistral t. y. (birinchisi Transsibir magistrali). Umumiy uz. 4300 km, Tayshetdan Sovetskaya Gavan aholi punktigacha davom etadi. BAMning Ust-Kut (Lena daryosi boʻyida) — Komsomolsk-Amur qismi (3105 km; 1974-y. qurilishi boshlanib, 1984-y. da poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan) 1989-y. foydalanishga topshirilgan. BAMning Tayshet — UstKut va Komsomolsk-Amur — Sovetskaya Gavan qismlari 40-y. lar oxiri — 50-y. lar boshida qurilgan; BAM — Tinda, Izvestkovaya — Ural va Volochayevka — Komsomolsk t. y. liniyalari orqali Transsibir t. y. bilan tutashadi. 1981-y. da Baykal-Amur t. y. (boshqarma) tashkil etilgan.