BAYKAL TIZMASI

BAYKAL TIZMASI — Baykal koʻlining shim.-gʻarbiy sohilidagi togʻ tizmasi. Uz. qariyb 300 km, eng baland nuqtasi 2572 m (Cherskiy togʻi). Baykal tizmasi qadimgi kristalli jinslardan tarkib topgan. Baykal tizmasining gʻarbiy yon bagʻri (1200 — 1400 m gacha) TILOGʻOCH taygasi b-n, sharqiy yon bagʻri siyrak oʻrmon b-n, 1000 — 1600 m balandlikkacha oʻrmonli dasht, qaragʻay va tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Oʻrmonlardan yuqorida lakana butalar, soʻngra qurumlar boshlanadi.