BAYER

BAYER Adolf (1835.31.10, Berlin – 1917.20.8, Shtarnberg) — nemis kimyogari. Peterburg FAning xorijiy muxbir aʼzosi (1892). Boʻyeqlar va atsiklik birikmalar sintezi asoschilaridan biri. 1883-y. da indigoni toʻliq sintez qilib, uning tuzilishini aniqladi. Sistransizomeriya tushunchasini amaliyotga tadbiq etdi. Pirrol va piridin asoslarini, siydik kislota guruhi birikmalarini oʻrgandi, kondensatsiya reaksiyalarini tadqiq qildi. Bayerning atsetilen, aromatik va alitsiklik uglevodorodlar sohasidagi tadqiqotlari kuchlanishlar nazariyasining kashf etilishiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1905).