BAYDARA VODIYSI

BAYDARA VODIYSI — Qrim ya. o. ning jan.-gʻarbidagi soylik. Sevastopoldan jan.-sharqda. Uz. 16 km, eni 8 km gacha. Soylikda dehqonchilik qilinadi, bogʻ, tokzorlar barpo etilgan, yon bagʻrida daraxt va butalar oʻsadi. Yalta—Sevastopol shosse yoʻli Baydara vodiysidan (Baydara Darvozasi dovoni orqali) oʻtadi. Turizm rivojlangan.