BAIYA-BLANKA

BAIYA-BLANKA — Argentina shim. dagi shahar, Buenos-Ayres provinsiyasida. Atlantika okeani sohilidagi port. Avtomobil va t. y. tuguni. Axolisi 271 ming kishi (1991, shahar atrofi b-n). Asosiy sanoat tarmoqlari — neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (un qadoqlash, sut-goʻsht va b.), koʻnteri. Pampa rnining savdo markazi. Un-t bor. Shaharga 1828-y. da asos solingan.