BAZOFILIYA

BAZOFILIYA (bazis va yun. phileo-muhabbat, sevish) — 1) hujayra strukturasining ishqoriy boʻyeqlar (mas, gematoksilin, azur, safranin va b.) b-n boʻyalish xossasi. Bazofiliya odatda hujayra sitoplazmasidagi komponentlar, asosan ribonuklein kislota (RNK) ning kislotalik xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, kam differensiallangan, tez oʻsayotgan va zoʻr berib oqsil sintez qilayotgan hujayralarga (ayniqsa oʻsma hujayralariga) xosdir; 2) periferik qonda bazofillar sonining koʻpayib ketishi shaklidagi leykotsitoz.