BAZIS

BAZIS (yun. basis — asos) — 1) asos, negiz, tayanch, poydevor. 2) Geodeziyada — yer yuzining maʼlum joyida juda aniq oʻlchab olinadigan asosiy chiziq. B. uzunligi lentalar yoki maxsus (radiotoʻlqinlar va yorugʻlik nuri vositasida oʻlchovchi) asboblar b-n aniqlanadi. Triangulyatsiyal uchburchakning asosiy tomoni uzunligini topish uchun ishlatiladi.