BADIHAGOʻYLIK

BADIHAGOʻYLIK — erkin tarzda ijro etilgan yoki ijod qilingan badiiy asarning oʻziga xosligi. Muayyan shakl, janr, uslub va b. ning ijodiy tartib-qoidalari asosida, yaʼni mavjud elementlarning yangi tarzda oʻzaro bogʻlanishi natijasida vujudga keladi. Turli sanʼat turlari (teatr, raqs, musiqa, poeziya)da mavjud. Ijodkorlardan yuqori mahorat, badiiy saviyani talab qiladi.