BADIK

BADIK — folklor janri. Gul, gulafshon, koʻch-koʻch deb ham yuritiladi. Kishi tanasiga qizilcha, eshak-yem va b. toshmalar toshganda, goʻyo ularni «daf etish» uchun badikxon (badik aytuvchi) lar tomonidan ijro etilgan. Turkiy xalqlarda uchraydi. Asosan, badikxon b-n goʻyo bemor tanasiga joylashib olgan «yovuz ruh» oʻrtasidagi keskin kurashni aks ettiradi. Badik izchil shaklga ega boʻladi, hajmi turlicha, keskin buyruq ohangi b-n ijro etiladi. Badikning tili va badiiyifodaviy xususiyatlari xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.