BADEN-BADEN

BADEN-BADEN — Germaniyaning jan.-gʻarbidagi shahar, BadenVyurtemberg yerida. Aholisi 51 ming kishi (1988). Oziq-ovqat, tikuvchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz va poligrafiya sanoati korxonalari bor. Balneologik va iqlim kurorti sifatida mashhur. Asosiy davolash manbai — mineral suvlar; ichishda, vanna qabul qilish, ingalyatsiyada foydalaniladi. 7—19 – a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.