BADEN MAKTABI — 19 a. oxiri va 20 a. boshidagi neokantchilik yoʻnalishi. Asosiy namoyandalari — V. Vindelband va G. Rikkert Baden (yeriGermaniya)dagi Freyburg va Xeydelberg un-tlarida dars bergan. Baden maktabi vakillari insoniyat madaniyati maʼnaviy qadriyatlar zamiriga qurilgan, degan gʻoyani olgʻa surdi. Tabiatshunoslik fanlarining uslubiyotini tarix fanlari uslubiyotiga qaramaqarshi qoʻydi. Tabiatshunoslikni tabiat hodisalarining takrorlanuvchi va umumiy qonuniyatlari haqidagi, tarixni taraqqiyotning alohida faktlari toʻgʻrisidagi fan, deb hisobladi.
Baden maktabi vakillari fanlarni predmetlariga qarab emas, balki tadqiq qilish uslubiyotiga qarab tasnif etgan, tarixning obyektiv qonuniyatlari mavjudligini rad qilgan.