BADEN

BADEN — Germaniyaning jan.gʻarbidagi tarixiy viloyat. 11 – a . dan — markgraflik (markgraflar qarorgohi — Baden-Baden sh.). 1535-y. u ikkiga: Baden-Baden (katolik) va Baden-Durlax (1556-y. dan protestant)ga ajralgan. 1771-y. Karl Fridrix (1738—1811) davrida ikkala markgraflik birlashgan (markgraf qarorgohi — Karlsrue). 1806 — 1918-y. larda buyuk gersoglik, soʻngra Germaniya yeri; 1951-y. oxiridan Baden-Vyurtemberg yerining bir qismi.