BADAXSHON

BADAXSHON — Amudaryoning yuqori oqimida, daryoning har-ikkala sohilida joylashgan togʻli oʻlka. B. Pomir togʻlarining bir qismi boʻlib, 2 oʻlkadan iborat: 1. Gʻarbiy Pomirni ishgʻol qilgan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (Tojikiston Respublikasi); 2. Shim.-sharqiy Afgʻonistonni ishgʻol qilgan katta oʻlka. Badaxshon qadimdan savdo markazi boʻlib, chetga laʼl, yoqut va zumrad chiqargan. Laʼlni badaxsh yoki balaxsh deb yuritganlar. Badaxshon toponimi shundan olingan boʻlishi ehtimol. Mil. av. 2 – a. da B. Toxaristonga, soʻng Kushon podsholigiga tobe boʻlgan. 5—6 – a. larda eftalitlar, 8 – a. da arablar, 12 – a. ning 2-yarmida gʻuriylar, 13-a. ning 1-choragidan moʻgʻullar qoʻl ostida boʻlgan. Badaxshonda 15—16 – a. larda temuriylar hukmronlik qilgan. 1520-y. Bobur B. ni oʻgʻli Humoyunga topshirdi. 1584-y. B. ni Abdullaxon II egallagan. 17-a. da ashtarxoniylar, keyinroq Dahbed (Samarqand) sayyidlaridan Mir Yorbek (1656 — 1706) asos solgan sulola hukmronlik qildi. Mir Yorbek Badaxshonning poytaxti Fayzobod (Juzgʻun) sh. ga asos solgan. Badaxshonda 18—19a. larda hukmronlik Qunduz beklariga oʻtgan. 1872-y. da tuzilgan rus-ingliz ahdnomasiga muvofiq Buxoro xonligi b-n Afgʻonistonning Badaxshon dagi chegarasi Panj daryosi deb hisoblandi. 1873-y. Afgʻoniston xoni Doʻstmuhammadxon B. ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan (yana q. Afgʻoniston).